Faoliyati qayta tiklangan Call-markazda 30 nafar ko'ngilli yoshlar ish yuritmoqda
Yurtimizda joriy etilgan karantin cheklovlari doirasida Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan "COVID-19" kasalligidan davolanayotgan va uy sharoitida karantinga olingan yurtdoshlarimizni alohida tibbiy axborot bilan ta’minlovchi, ular haqida ma’lumotni o‘rganib turuvchi hamda Homiylik yordamlarini muvofiqlashtiruvchi Call-markazlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Toshkent shahar hokimligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida qayta tashkil etilgan Call-markaz "1197 "qisqa raqami orqali faoliyat olib borayotgan edi. Markaz orqali pandemiya sharoitida aholining ehtiyojmand qatlamiga kundalik zarur mahsulotlar yetkazib berilgan.
Toshkent shahar Yoshlar Markazidagi "1197" hamda "1105" Call markaziga bugungi kunda 150dan ortiq koʻngillilar jalb qilindi. "1197" qisqa raqamli Homiylik yordamlarini muvofiqlashtiruvchi markazda Yoshlar Ittifoqining jami 30 nafar ko‘ngilli yoshlari operator sifatida faoliyat olib bormoqdalar.
"1197"qisqa raqami orqali faoliyat yuritayotgan Call-markaz 2020-yilning 14-iyulidan boshlab yana qzyta ishga tushdi. Mazkur markazlar respublikamizning boshqa hududlarida ham qayta tiklandi.
Homiylik, hayriyalarni muvofiqlashtirish va volonyotrlik markazlari tomonidan qiyin va og‘ir ahvolga tushib qolgan oilalar ro‘yxatini ishlab chiqishda quyidagi oilalarga birinchi navbatda e’tibor qaratiladi:
• ta’minot manbai bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan, boquvchisidan ajralgan, og‘ir kasallari bor, ko‘p bolali oilalar;
• ijtimoiy nafaqasi real ehtiyojlarni qoplamaydigan va undan boshqa daromad manbai bo‘lmagan oilalar;
• ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan qarindoshlar shug‘ullanayotgan oilalar;
• ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar;
• 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (yolg‘iz otalar);
• ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko‘maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar;
• mehnatga layoqatli a’zolari bo‘lgan, biroq ular hech qayerda ishlamaydigan yoki pandemiya tufayli daromadidan vaqtincha mahrum bo‘lgan (mavsumiy ishchi, usta, mardikor, sartarosh, chet yelda ishini yo‘qotib qaytganlar, taksi haydovchisi, kafe, restoran ishchisi va h.k) va zarur yordamga muhtoj oilalar.
Bundan bir necha kun avval esa Toshkent shahar hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan uy va shifoxona sharoitida COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy karantiniga olingan yurtdoshlarimiz, ularning yaqinlari va oila a’zolariga tezkor va aniq axborot ko‘magini berish hamda ular bilan axborot almashinishga qaratilgan "1105" qisqa raqamli Call-markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.
Mazkur markazda esa jami 40 nafar malakali mutaxassislar, shifokorlar va ular bilan bir qatorda yoshlar ham faoliyat bo‘lib bormoqdalar.
Boshqa toifaga kiruvchi fuqarolar, ya’ni o‘zida boshqa kasallik alomatlarini sezayotgan, koronavirus infeksiyasiga chalinganlikda shubhada bo‘lgan yurtdoshlarimiz 1003 qisqa raqamiga, turar joylari bo‘yicha tibbiyot muassasalariga, oilaviy poliklinikaga murojaat qilishlari so‘raladi.
Tashkil etilgan Call-markazga 2020-yil 1-avgust kuniga qadar 1105 qisqa raqami orqali murojaat qilish mumkin. Call-markazi 24 soat davomida uzluksiz ishlaydi.
Bugungi kunda koronavirus tarqalishining oldini olish, karantin talablariga so‘zsiz rioya qilish davr talabidir.
Manba: https://yoshlarittifoqi.uz/uz/news/6744
