O‘qish xarajatlari bepul yoki arzon bo‘lgan mamlakatlarga kirish tartibi

Bu yerda siz juda kuchli universitetlarda butunlay yangicha sohalarda va jahon reytingida yuqori sifatli  taʼlim olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bu mamlakatlarda bakalavriat taʼlimi, odatda, davlat tilida amalga oshiriladi. Masalan, taʼlim Germaniya va Avstriyada nemis tilida, Italiyada italyanchada olib boriladi, va boshqa mamlakatlardaham o‘z davlat tilida amalga oshiriladi. Ammo magistratura va aspirantura darajasidagi ko‘plab dasturlar ingliz tilida bo‘lib o‘tadi..

Chet elga o‘qishga kirish uchun siz bir necha bosqichni bosib o‘tishingiz kerak:

1.Universitetlarning talablarini bilib oling va tayyorgarlik rejasini tuzing.

Misol uchun, magistratura dasturlariga kirish uchun universitetlar quyidagi hujjatlar to‘plamini taqdim etishni so‘rashadi:

- Rezyume ( CV) – Abituriyent haqida asosiy maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat: taʼlim, ish tajribasi / amaliyot, kasbiy ko‘nikmalar, tillarni bilish va boshqa tegishli maʼlumotlar;- Bakalavriatdagi baholarning transkrpti (diplom ilovasining maʼlumotlari ).

-Mativatsion insho (nima uchun u bu mutaxassislikni o‘rganishga qiziqadi? Nima uchun u ushbu universitetni magistraturada o‘qish uchun tanladi? Nima uchun u ushbu dastur uchun ideal nomzod?)

- Tavsiyanoma - akademik muhit vakillari (masalan, fakultet dekani) va/yoki kasbiy muhit (masalan, amaliyot menejeri) tomonidan talabaning tavsiflari);

- Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi guvohnoma. Ingliz tilidagi dasturlar uchun, odatda, TOEFL yoki IELTS sertifikati talab qilinadi, davlat tili dasturlari uchun – maʼlum bir til uchun sertifikat (masalan, Italiya uchun SELI / SILS, Germaniya uchun DSH / TestDaF va boshqalar);- GMAT standartlashtirilgan test. Ushbu test MBA dasturlari va menejment bo‘yicha magistraturaga (universitetlar va biznes maktablariga) kirish uchun topshirilishi kerak);

Hujjatlar: tavsiyanomalar, motivatsion insho va rezyume yozish, diplomdan olingan nusxani tarjima qilish kerak bo‘ladi. Til testini topshirish va zarur bo‘lsa, GMAT yoki GRE imtihonlarida universitet tomonidan talab qilinadigan ballarni yig‘ish, so‘ngra to‘liq hujjatlar to‘plamini to‘plash talab etiladi.

 

2. Universitetlarga o‘z vaqtida murojaat qiling.

Chet eldagi universitetlarning aksariyati abituriyentlardan o‘qishni boshlashdan
6-9 oy oldin arizalarni qabul qiladi. Yaʼni, agar siz 2021 - yil sentyabr oyida o‘qishni boshlashni istasangiz, aksariyat universitetlarda 2020 yil dekabr oyida 2021 yil uchun hujjatlarni topshirishingiz kerak.


Universitet stipendiyasini olish.

Ko‘pgina universitetlarda stipendiya fondlari mavjud bo‘lib, ular orqali universitetlar talabalarga ta'lim olishlarini moliyalashtirishga yordam berishadi.

 

Universitetlardagi stipendiyalar ikki xil - Merit-based va Need-based:

 

Merit-based scholarship – talabalarning ilmiy yutuqlari uchun mukofotlangan universitet stipendiyasi. Bunda universitet yiliga bir marta yoki semestr kursdagi eng yaxshi talabalarning bir qismini tanlaydi va avtomatik ravishda ularga o'z xohishiga ko'ra stipendiyalarni topshiradi.

Merit-based stipendiyasi qabul va o'quv jarayonida ham berilishi mumkin. Ko'pincha bu jarayon qulay tashkil etilgan bo’ladi, talaba hatto ariza berishiga hojat yo'q – universitet kursdagi eng yaxshi talabalarni tanlaydi. Kelgusi yil ham bunday stipendiyani uzaytirish uchun, odatda, imtihonlarda o'rtacha ball olishingiz kerak.

Merit-based - stipendiyalar to'liq (100% o'qish va hatto kampusda turar joyni xarajatlarini qamrab oladi) va qisman ta'lim xarajatlarining (10-dan 90% gacha) qoplaydi. Har bir universitet stipendiya miqdorini o’zi belgilaydi.

To'liq Merit-based scholarshipga  asoslangan stipendiyalarni olish mumkin bo'lgan oliy o'quv yurtlari, masalan:

  –   Oxford University

– University of Amsterdam

– ETH Zurich

– Stockholm School of Economics

– Bocconi University

– Delft University of Technology va boshqalar.

Need-based scholarship – og’ir moliyaviy sharoitdagi talabalarga universitet stipendiyasi ham berilishi mumkin. Uni olish uchun siz moliyaviy ahvolingizni isbotlashingiz kerak. Masalan, oilaning tarkibi va daromadlari, bankdan olingan ma'lumotlar, soliq deklaratsiyasi. Bunday hujjatlarni, odatda, davlat tiliga tarjima qilish va konsullikda tarjimani tasdiqlash talab qilinadi. Need-based stipendiyalari to’liq yoki qisman xarajatlarni qoplashi mumkin.

 

 

Hukumat stipendiyasini olish.

Bunday stipendiyalar, odatda, to‘liq ta'lim xarajatlarini va ba'zan hatto boshqa stipendiya xarajatlarini (turar joy, transport va shaxsiy xarajatlarini)ham qoplashni nazarda tutadi. Ushbu stipendiyalar talabalar uchun juda manfaatlibo’lganligi uchun katta raqobat yuzaga keladi.

 

Davlat stipendiyalari haqida sizga Chevening stipendiyasi misol keltirish mumkin- Buyuk Britaniya hukumati dasturi bo’lib, turli mamlakatlardagi ilm olish umidida bo’lgan ilg’or yoshlarga imkoniyatlar eshigini ochadi.

 

Chevening stipendiyasi bir yildan ortiq davom etadigan har qanday yo'nalishdagi magistrlik dasturlariga taalluqlidir (odatda, Buyuk Britaniyada magistrlik darajasi 1 yil davom etadi).

 

Stipendiya kamida ikki yil (2800 soat) bakalavriat va ish tajribasiga ega bo‘lgan nomzodlar uchun mo'ljallangan. Ish tajribasi sifatida volontyorlik, pul to’lanadigan va to’lanmaydigan stajirovka ham tan olinadi.

 

Chevening stipendiyasi quyidagilarni o'z ichiga oladi: universitetda o'qish to'lovlari, transport xarajatlari, dissertatsiya grantlari, viza olish narxi, vatanga qaytish xarajatlari, Buyuk Britaniyadagi Chevening tadbirlariga sayohat. Talabalarga oylik stipendiya ham beriladi (yashash joyiga qarab, 1100 – 1350 funt atrofida).

   Boshqa davlat stipendiyalariga misollar:

– Fulbright Program (AQSH)
– Visby Programme scholarships for master's studies (Shvetsiya)
– Orange Tulip Scholarship Programme (Niderlandiya)
– DAAD scholarships (Germaniya)
– Global Korea Scholarship (Janubiy Koreya)
– Erasmus Mundus Joint Master Degrees (Erasmus Mundus) (YI va butun dunyo)

 

Xorijiy mamlakatidagi universitetlarda ikki tomonlama diplom
(Double Degree) dasturiga kirish.

Ikki tomonlama diplom dasturida siz xorijiy universitet yoki biznes maktabining to'liq diplomini olish va ayni vaqt o’z universitetingiz diplomini ham olish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Shuningdek, Bunday yonalishda o'qiyotgan talabalar odatda universitet bilan kamida bir yil davomida hamkorlik qilishadi.

  Ikkita diplom olishingiz mumkin bo'lgan universitetlarining misollari:
  Sankt-Peterburg davlat universiteti, HSE, SPBGEU va boshqalar.

Hamkorlik o'rnatilgan universitetlar misollar; Iqtisodiyot va Siyosatshunoslik London maktabi (Buyuk Britaniya), HEC Parij (Fransiya), WU (Avstriya),
iqtisodiyot va biznes, Vena universiteti (Avstriya), Sapienza universiteti (Italiya), Parij-Dauphine universiteti (Fransiya).

 

Kompaniya hisobidan ta'lim olish

Ba'zi bir ish beruvchilar o'z xodimlarining xorijiy davlatrada ta'lim olishi uchun moliyalaviy tarafdan qollab quvatlashadi. Misol uchun, konsalting kompaniyalari xodimlarini magistratura va aspirantura darajasini olish uchun dunyoning eng yaxshi biznes maktablariga muntazam ravishda maslahatchilarini yuboradi.

Xodimlarning ta'limini qo'llab-quvvatlash siyosati mavjud bo'lgan kompaniyalar misollari: McKinsey & Company, Boston Consulting Group, Bain & Company.

Buyerda ta'lim kompaniyaning "sovg'asi" emasligini hisobga olish muhimdir. Siz xorijdan qaytib kelishingizni (odatda yuksalish bilan) va bir necha yil davomida kompaniyada ishlashigizni talabini qo'yishadi. Aks holda, moliyalashtirish qaytarib berilishi kerak bo'lgan kreditga aylantiriladi.

Agar sizda chet elda ta'lim olish uchun pul to'lashning moliyaviy imkoniyati bo'lmasa ham, bu sizning chekinishingiz uchun sabab emas. Ko'rib turganingizdek, munosib ta'lim olish uchun imkoniyatlar juda ko'p. Har kuni yangi va yangi stipendiyalar paydo bo'ladi, bu esaabiturientlarga xorijda ta'lim olish imkoniyatini beradi.

Manba: http://www.wayu.uz/site/news-page?id=275