Toshkent viloyatida Koreya universiteti filiali tashkil etiladi
Uchrashuvda “Hwashin Cyber” ta'lim muassasasining 10 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan investitsiya mablag‘lari hisobiga Toshkent viloyatida Koreya Respublikasi universiteti filialini yo‘lga qo‘yish taklifi muhokama qilindi.
Ta'lim dargohida sport zal, madaniyat saroyi, kutubxona binolarini qurish, ta'lim klasterini tashkil etish, buning uchun universitet qoshida maktabgacha ta'lim muassasasi, umumta'lim maktab binosi, 600 o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish, ta'lim jarayonini tashkil etishda mutaxassislik fanlaridan darslarga malakali xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb qilish lozimligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, universitetda tahsil olayotgan talabalarga o‘z yo‘nalishlarida o‘quv mashg‘ulotlarini “Hwashin Cyber” universitetida davom ettirib, tegishli tartibda ushbu universitet diplomini olish imkoniyatini yaratib berish tartiblarini joriy etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik yuzasidan memorandum imzolashga kelishib olindi.
Manba: KUN.UZ
