Turkiya Prezident devoning velosiped safari Kapadokiyadan boshlandi
"Turkiya Prezident devonining velosiped safari", birinchi marta 1963 yilda Turkiya Velosport federatsiyasi tomonidan dunyodagi yagona qit'alararo velosport tur sifatida tashkil etildi va "Marmara safari" deb nomlandi. Bu yilgi velosiped safari, 11 aprel kuni Kapadokiyada boshlanib, 18 aprelda Kushadasida tugaydi. Marshrut davomida ishtirokchilar tabiat go'zalligidan bahramand bo'lishadi. 12 mamlakatdan kelgan ishtirokchilarning bellashuvlari, har kuni 3 soat davomida Eurosport TVda namoyish etilmoqda, bu esa, velosiped poygasi ixlosmandlariga o'z uylaridan turib kuzatib borish imkonini bermoqda.
Velesiped safari masofasi 1347 kilometr atrofida bo'lib, uning marshruti Konya, Beyshehir, Alanya, Kemer, Gog'ubeli cho'qqisi, Fethiye, Marmaris, Turgutreis, Bodrum va Kushadasi kabi tarixiy joylarni o'z ichiga oladi. Belgiya, Isroil, Italiya, Ispaniya, Frantsiya, Rossiya, AQSh, Norvegiya, Gollandiya, Qozog'iston, Shveytsariya va Malayziyadan jamoalar va sportchilar sayyohlik yo'nalishlari bo'ylab sayohat qilish bilan birga, Turkiyaning taniqli tabiiy va tarixiy diqqatga sazovor joylaridan bahramand bo'lishadi.
Barqaror turizm kontseptsiyasiga muvofiq, Turizm vazirligi tomonidan taqdim qilinadigan "Velosiped uchun qulay turar joy hujjati va xavfsiz turizm sertifikati" joriy qilindi. Ushbu chora-tadbirlar boshqa sanitariya-gigiyena tadbirlari bilan bir qatorda, bu yilgi velosport safari ishtirokchilarning xavfsizligi va salomatligi kafolatlangan holda davom etishini ta'minlaydi.

Turkiya Turizmni targ’ib qilish va rivojantirish agentligi (TGA) haqida
TGA Turkiyaning ichki va xalqaro turizm sohasidagi taniqli yo’nalish bo’lishini ta’minlash, uning madaniy, ma’rifiy, tabiiy, biologik va tarixiy merosini targ’ib qilish hamda milliy iqtisodiyotda qisqa yoki uzoq muddatli turistik investitsiyalar ulushini oshirish va turizm sohasida xizmat ko’rsatishni yanada yaxshilash bilan shug’ullanadi. Madaniyat va Turizm Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo’yicha, TGA Turkiyaning o'z turistik maqsadlariga erishishga yordam berish uchun barcha reklama, marketing va kommunikatsiya ishlarini olib borish, butun dunyo bo'ylab mavjud turistik resurslarni targ'ib qilish va sotish hamda turizm strategiyalari va siyosatlariga muvofiq potensial turistik resurslarni rivojlantirish uchun javobgardir.
“Xavfsiz turizm sertifikati dasturi” haqida
Turkiya 2020-yilgi sayyohlik mavsumi uchun “Xavfsiz turizm sertifikati dasturi”ni amalga oshirdi. Sohaning asosiy ishtirokchilari tomonidan tezkor ravishda qabul qilingan ushbu dastur sog'liqni saqlash, oziq-ovqat va ichimliklar, transport va turar joylarni o'z ichiga olgan va boshqa ko'plab sohaga tegishli muassasalar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo'lgan bir qator tadbirlarni ham mahalliy aholi ham xorijiy mehmonlar uchun belgilab berdi.

Velosiped uchun qulay turar joy hujjati:
Velosiped turizmini targ’ib qilish uchun 2020 yil 25 avgustda Turkiyaning rasmiy gazetasida velosiped uchun qulay turar joy sertifikatlari to'g'risida xabarnoma e'lon qilindi. Ushbu sertifikatni olish uchun sayyohlik davomida marshrut bo'yicha to'xtash joylari (turar joylari) TGA rasmiy veb-saytida joylashgan talablarga javob berishi kerak. Bundan tashqari, https://gocyclingturkiye.com/ veb-saytida tabiiy va tarixiy boyliklarga boy bo'lgan hududlar orqali o'tadigan marshrutlar to'g'risida ma'lumotlar joylashtirilgan.