"Biz TV" MMAga a'zo bo'ldi!

Bugun, 4-may kuni poytaxtimizdagi "Hilton" mehmonxonasida O'zEOAVMAning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda yangi OAVlarni a'zolikka qabul qilish masalasi ham ko'rib chiqildi.

 Birinchidan, O'zEOAVMA tuzilishi, tarkibi va nomi o'zgartirildi. Tashkilotning yangi nomi O'zbekiston milliy media assotsiatsiyasi, ya'ni, O'zMMA bo'ldi.

Ikkinchidan, anjumanga yig'ilgan tashkilot a'zolari (nodavlat OAV rahbarlari)ning barchasi bir ovozdan "Biz TV"ni O'zMMAga to'laqonli a'zo sifatida qabul qilishga rozilik bildirdi. Shunday qilib, onlayn teleradiokanalimiz assotsiatsiya bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o'rnatib oldi.

Shuningdek, O'zMMAga a'zo tashkilot sifatida "Biz TV" nomidan ishtirok etgan telekanalimiz Bosh muharriri Jaloliddin Mirzayev assotsiatsiya tomonidan tashkillashtirilgan matbuot kotiblari bilan bog'liq tadbirga hamda kechki dasturlardan o'rin olgan "Birlashish nuqtasi" milliy media anjumaniga taklif etildi. Shu bilan hamkorlik aloqalarining rivojlanishiga start berildi.