Dengiz, qum, quyosh va jozibador tabiat uyg'unligi – Turk rivierasi

Ammo u faqatgina bulardan iborat emas. Turk Rivierasi turli xil sayohat talablarini qondiradigan qator tadbirlarni ham taklif etadi. Jumladan, suv ostiga sho'ng'ish, yirik golf maydonlari, trekking marshrutlari, hamda, o'zining milliy oshxona lazzatlaridan bahramand bo'lishdan tortib, antik davrga oid ko‘plab tarixiy obidalarni ham taqdim etadi.

 

Antaliya va uning diqqatga sazovor joylari

O'rta yer dengizi qirg'og'i haqida gap ketganda aqlga kelgan birinchi joy bu Turkiya Rivierasining markazida joylashgan Antaliyadir. Shahar o'zining tozaligi jihatidan moviy bayroqli deb topilgan 229 ta sohillari va afsonaviy tarixiy diqqatga sazovor yer usti boyliklari bilan dunyoga mashhur. Moviy osmon ostida sayyohlar maftunkor Karain, Dim va Damlatash g'orlarini o'zlari uchun kashf etishlari mumkin. Antaliya viloyati chegaralarida dunyodagi eng hayajonli trekking (piyoda yurish) yo'llari, jumladan, Likiya yo'li, Pisidiya yo'li va Avliyo Pol yo'llari mavjud. Antaliyadagi Kash mahallasi dunyodagi eng yaxshi 10 sho'ng'ish nuqtalaridan biri hisoblanadi. Paraplanda uchish va bir nechta suv sportlari mintaqada bajarilishi kerak bo'lgan tadbirlardan biridir. Belek bir vaqtning o'zida jahon darajasidagi golf maydonlari bilan e'tirofga sazovor.

Ko'l bo'yi, atirgul va lavanta bog'lariga “bir qadamlik” masofa

Antaliya O'rta yer dengizi havzasidagi ko'plab tabiiy mo'jizalari bilan tanilgan Afyonkarahisar, Antaliya, Burdur, Isparta va Koniya viloyatlari chegaralari ichidagi hududni o'z ichiga olgan - Akshehir, Burdur, Beyshehir, Eirdir, Kovada va Salda kabi 16 ta ko'llarga ega bo'lgan mintaqadir. 

Turk xalqining asosiy atirgul va lavanta yetishtiriladigan hududi Isparta tumanida joylashgan bo'lib, u O'rta yer dengizining tabiiy go'zalligidan bahramand bo'lishni istaganlar uchun turli imkoniyatlarni taqdim etadi. Toros tog'larining narigi tomonidagi ushbu yashirin marvaridlarni o'rganayotganingizda binafsha rangdagi lavantalarning jozibakor manzarasiga ajablanmasdan ilojingiz yo'q.

          O'rta yer dengizi oshxonasi

O'rta yer dengizi oshxonasi Turkiyaning eng boy va eng xilma-xil taomlari bilan barcha nozikta'b ovqat shinavandalarining ham e'tiborni tortadi. Organik zaytun moyi bilan tayyorlangan sabzavotli va go'shtli taomlar ziravorlar bilan birgalikda o'zgacha his uyg'otishi bilan bir qatorda, baliq va dengiz mahsulotlari ham alohida zavq bag'ishlaydi.