Ilmiy-texnik taraqqiyot keskin susaygan!

Savol tug‘ilishi tabiiy: bu nima degani? Olimlar fikricha, bu holat insoniyatning ilmiy va texnologik taraqqiyoti tabiati tubdan o‘zgarganini ko‘rsatadi.

Yanvar oyi boshida Minnesota universiteti (UMN) matbuot xizmati shu haqda maqola e’lon qildi.

– Sog‘lom ilmiy muhit, avvalo, mashaqqatli, muntazam izlanish va ilg‘or kashfiyotlar bilan tavsiflanadi, – deydi UMN professori Rassell Fank. – Ilm-fan tadqiqoti tabiatidagi tub o‘zgarish bosqichma-bosqich shu narsaga olib keldiki, hozir kashfiyotlar olamida qadam-baqadam kengayib boruvchi izlanishlar ustunlik qilmoqda. Bu esa so‘nggi o‘n yillikda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sur’atini keskin  sekinlashtirib yubordi.

Темпы научно-технического прогресса снизились за последние полвека на 90% -  Наука - ТАSS

 Fank hamkasblari bilan so‘nggi oltmish yil ichida nashr etilgan 45 milliondan ortiq ilmiy maqola, 3 million 900 ming patentni tahlil qilgach, shunday xulosaga keldi.

Zarur axborotlarni olishda olimlarga yirik ilmiy va patent ma’lumotlari bazalari, xususan “Web of Science”, “JSTOR”, “APS”, “Pubmed” hamda AQSHning patent va tovar belgisi idorasi (USPTO) yaqindan yordam berdi.

Mazkur ma’lumotlar bazasini tahlil qilish uchun tadqiqotchilar "CD-indeks" yoki "muhim innovatsiya indeksi" nomli yangi ilmiy-metrik indikatorni ishlab chiqishdi.  Bu indikator muayyan kashfiyot yoki ixtiro mazkur innovatsiya mansub bo‘lgan ilmiy yoxud muhandislik muhitini qay darajada keskin o‘zgartirib yuborganini aks ettiradi.

За полвека частота открытий и изобретений в мире снизилась на 90% |  ThinkTanks.BY

Professor Fank va uning hamkasblari CD indeksini hisoblash uchun oddiy qonuniyatdan foydalangan. Ular e’tibor qaratishicha, ilg‘or tadqiqot ko‘pincha o‘z mavzusini "nolga" tushirib qo‘yadi. Shu bois innovatsion maqolaga tayanganda dolzarbligini yo‘qotgan avvalgi maqolalardan, deyarli, iqtibos keltirilmaydi. Ta’kidlanganidek, bunday iqtibosning yorqin misoli sifatida Frensis Krik va Jeyms Uotsonning DNK tuzilishini ochish haqidagi maqolasini keltirish mumkin.

Tadqiqotchilar ushbu mulohazalar asosida CD indeksini o‘rganilgan barcha ilmiy maqola va patent uchun hisoblab chiqishdi. So‘ngra innovatsiya indeksining o‘rtacha qiymati qanday o‘zgargani tahlil qilindi. Ularning hisob-kitobi shuni ko‘rsatdiki, bu ko‘rsatkich o‘tgan asrning 60-70-yillarida yuqori darajada bo‘lgan. Keyingi 50 yil ichida tez pasaya boshlagan, XX asr o‘rtalarida, taxminan, 90 foiz kamaygan.

Научный прогресс в эпоху строительстva Нового Узбекистана

Fizika va ijtimoiy fanlar, shuningdek, farmatsevtika, biotibbiyot texnologiyalari ushbu tendensiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan. Bu yerda CD o‘rtacha indeksi nolga tushib ketgan, nashrlar soni esa sezilarli darajada oshgan.

“Ayni ikki omil so‘nggi 50 yil ichida fan tubdan o‘zgarganini ko‘rsatadi”, deydi olimlar. Bu, tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, mutaxassislarning tor ixtisoslashuvi o‘sishi va tadqiqotni moliyalashtirishda grant tizimiga o‘tish tendensiyasi bilan bog‘liq. Tadqiqotchilar o‘zlari to‘plagan ma’lumotlar tegishli bo‘limlar mutasaddilari e’tiborini tortishi, ularni fanni moliyalashtirish va ilmiy faoliyatni tashkil etishga nisbatan yondashuvini o‘zgartirish zarurligiga ishontirishidan umidvor. Natijada ilmiy tadqiqotlar yangiligi nafaqat rasmiy imkoniyatlar, balki muvaffaqiyat, shuningdek grant berish uchun asosiy tanlov mezonlaridan biriga aylanadi.

Manba: S.Rahimov tayorladi, O‘zA