O'zbekiston Milliy Media Assotsiatsiyasi (UzMMA)ning 2022 yil 27 oktabr kuni bo'lib o'tadigan “So'z” halqaro forumini olib borish TARTIBI

Bugun, 27 - oktyabr kuni «SO‘Z» xalqaro forumi doirasida Toshkent shahridagi «International hotel» mehmonxonasida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Xalqaro Press-klub hamkorligida «Ма’no va mazmun» ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tmoqda.

 Anjuman OAVda so’z va mazmunning ahamiyatiga yanada e’tibor qaratish, zamonaviy jurnalistikaning dolzarb muammolarini muhokama etish va bu borada xalqaro ekspertlar tajribasini o’rganish maqsadida tashkil etildi. Unda Yaponiya, Koreya, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Tojikiston, Qirg’iziston, Isroil davlatlaridan 10 ga yaqin xalqaro ekspertlar, yurtimiz media olamining yirik OAV vakillari, O’zMMAga a'zo tele va radiokanallar rahbarlari ishtirok etdi.  

 «Ма’no va mazmun» ilmiy-amaliy anjumanida O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisi, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi Muhammadjon Obidov, Turk dunyosi jurnalistlar Federatsiyasi raisi Menderes Demir, O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi - Olimjon O'sarov, “Ishonch” gazetasi bosh muharriri Husan Ermatov, “Yangi O'zbekiston” gazetasining bosh muharriri - Salim Doniyorov, The Korea herald” gazetasi muxbiri Shin Ji He o’z ma’ruzalari bilan qatnashdi.  Zamonaviy jurnalistika rivojining yangi trendlari, matbuotga e’tibor, O‘zbekistonda jurnalist kadrlar tayyorlashdagi yangicha yondashuv kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar tinglandi.  

Shuningdek, anjuman doirasida zamonaviy ommaviy axborot vositalarining muhim muammolari o‘rtaga tashlandi. Axborotlar olami o`ta shiddatkor tus olgan bir paytda bu soha xodimlari zimmasidagi mas`uliyat yanada ortgani barchamizga ma`lumligi hamda matbuot va jurnalistika - matonatlilar, topqirlar, zukkolar maydoni ekanligi aytib o’tildi.