Red Wings Toshkentdan Stavropol va Ufaga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Uzbekistan Airpors xabariga ko‘ra, parvozlar muntazam ravishda 100 o‘ringa mo‘ljallangan SSJ100 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Toshkent — Stavropol va Toshkent — Ufa yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlar haftada bir marta, juma kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar flyredwings.com rasmiy veb-saytida yoki aviakompaniyaning mobil ilovasi orqali sotuvga qo‘yilgan.

Red Wings — Rossiyaning eng yirik o‘nta aviakompaniyalaridan biri bo‘lib, doimiy va charter reyslarda yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan. 

Bugungi kunda aviatashuvchi O‘zbekiston poytaxtidan Moskva, Yekaterinburg va Maxachqal’aga parvozlarni amalga oshirmoqda.

 

Manba: KUN.UZ