Tez kunda “PIRAMIDA” seriali faqat BIZda!
Serial “Mening yurtim” telekanali va “Panorama Fox” studiyasi bilan hamkorlikda tasvirga olingan. Serialda moliyaviy firibgarlikning ayanchli oqibatlari haqida hikoya qilinadi. Voqealar oson pul topish yo‘lini tanlagan Abbos va uning sheriklari atrofida kechadi. Ular tuzgan moliyaviy piramida minglab odamlarning ishonchiga kirib, o‘z domiga tortadi. Natijada esa aldanganlar bor budlaridan ayrilib qolishgacha boradi.
Serialda mansabdor shaxslarning korrupsiyaga yo‘l qo‘yayotganlari ham ochib beriladi. Albatta, qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi, deganlaridek, piramidachilarning firibgarliklari ham suv yuziga qalqib chiqadi. Tomiri chuqur ildiz otib ketgan firibgarlar guruhini fosh qilish ham oson kechmaydi. Buning uchun huquq-tartibot organlari maxsus reja asosida ish ko‘rishadi. Barcha sirlardan voqif bo‘lgach, to‘da faoliyatiga chek qo‘yiladi. Sud tomonidan uyushgan guruhga tegishli jazo tayinlanadi.
Umuman olganda serial orqali aholining huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, ogohlikka chorlash g‘oyasi yotadi. Firibgarlarning yolg‘onlariga ishonib, tez va oson mo‘may daromad topish ketish yo‘llariga uchmasdan, balki halol mehnat qilish orqali o‘z davlatini ziyoda qilish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Zero, tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi.
Islom Hamro ssenariysi asosida tasvirga olingan serialga Zuhriddin Rustamov rejissyorlik qilgan. Prodyuser Umid Soatov boshchiligidagi 12 nafardan iborat ijodiy jamoa 8 oy davomida loyiha atrofida hamjihatlikda ishlashdi.
Kasting jarayonlari 2 oydan ortiq davom etdi. Asosiy rollarga 20 dan ortiq talabgorlar nomzodi ko‘rsatildi. Ular orasidan Otabek Musaev, Umid Soatov, Rustam Ahmedov, Dilmurod Masaidov, G‘ayrat Boymirzaev, Muhammadali Aliev, Sur’at Islom, Bahodir Ahmedov, Maftuna Jo‘raeva, Uchqun Vafoev, Asror Hamidov, Otabek Sharipovlar tanlab olindi.
Birinchi faslida 50 dan ortiq aktyorlar va ommaviy sahnalar uchun 100 dan ortiq havaskorlar qatnashgan.
Sahnalashtirilgan voqealar Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati hududlarida tasvirga olingan.
Ma’lumot uchun: serial premerasi 2023-yilning 25-sentabrdan “Mening yurtim” telekanalida soat 21:30 da namoyish etiladi. Shundan so’ng serialning barcha qismlarni internet olamida faqat “BIZ MEDIA” platformasi orqali tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi. Shunday ekan, tezroq ilovalarimizni yuklab olib, ro’yxatdan o’tishni va tarif rejalardan birini sotib olishni unutmang. Bu serial haqiqatdan ham sizning e’tiboringizni torta oladi!
